Uy-joy uchun subsidiya: Asosiy va muhim jihatlar

Subsidiya uchun ish haqini aniqlashda agar ish haqi belgilangan mezonga yetmasa farzandning daromadi qo‘shilishi mumkinmi?

Agar ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari me’yordan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Nechchi ball to‘plash kerak?
Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.

Ariza qaysi holatlarda rad qilinadi?
Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
- taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
- taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
- ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
- joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
- ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan kam va 8 baravaridan yuqori.

Talabgorlar soni oshib ketsa...
Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi. Ya’ni, hujjatni vaqtliroq topshirish ham muhim rol o‘ynaydi.