Bulung‘urda “Lasetti” ag‘darilib ketdi, yo‘lovchi qurbon bo‘ldi
Joriy yilning 27 may kuni soat 01:30 larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani, Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1058 kilometrida haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan X.T. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan M.T. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa o‘ng yon tomonidan urib, YTH sodir etishi oqibatida “Lasetti” avtomobili ag‘darilgan.
Oqibatda “Lasetti” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1984 yilda tug‘ilgan X.K. (erkak) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.