Bulung‘urda “Neksiya” va “Damas” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 29 mart kuni soat 22:50 larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani Yangiqo‘rg‘on MFY hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 5-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan X.S. “Neksiya” rusumli transport vositasini “Mingchinor-Bulung‘ur” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan J.Sh. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Oqibatda “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi J.Sh. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

"Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘raymiz", deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.