Bulung‘urning Erganakli qishlog‘idan 24 nafar jangchi urushdan qaytmagan
- 09.05.2020 14:14
- 199
- Samarqand
Ana shu o‘g‘lonlar nomini abadiylashtirish maqsadida Erganakli qishlog‘ida 9 may - Xotira va qadrlash kuni hamda G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan yodgorlik o‘rnatildi.
Bu xayrli ishlarga shu qishloq farzandlari - “Bulung‘ur hayoti” gazetasi muharriri G‘ulom O‘rolov va ikki nafar fermer xo‘jaligi rahbarlari bosh-qosh bo‘ldi.
Erganakli qishlog‘idan Ikkinchi jahon urushida 34 nafar mard o‘g‘lonlar ishtirok etib, ulardan 10 nafarigina qaytib kelgan.

Nargiza ABDURAHMONOVA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xitoyda mansabdor pora olgani uchun qatl etildi
- Bugun, 16:04
- Xorij