Bundestagni Berbel Bas boshqaradi

Germaniya sotsial-demokratik partiyasi vakili Berbel Bas ko‘pchilik ovoz bilan Bundestag raisi etib saylandi.
Urushdan keyin Germaniya tarixida uchinchi marta mamlakatdagi asosiy lavozimlardan birini ayol egalladi. Nemis siyosatining faxriysi, 79 yoshli Volfgang Shoyble 53 yoshli Berbel Basga o‘rnini bo‘shatib beradi.

«Ishonchim komilki, bu qonunchilik davrida biz fuqarolar bilan yangicha yaqinlashmoqdamiz va bu faqat parlamentga haqiqatan ham turli guruh vakillari kirgani uchun emas. Men bu mamlakatda ko‘pchilikka, ayniqsa siyosatchilar e’tibor bermayotganini his qilganlarga qo‘limni uzataman».

Shu kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kansler Angela Merkel va uning vazirlar mahkamasi a’zolariga vazifasidan bo‘shagani haqida rasmiy ruxsatnomalarni topshirdi. Ular Germaniya yangi hukumati tuzilguniga qadar o‘z vakolatlarini vaqtinchalik amalga oshiradi.

Hukmron koalitsiya bo‘yicha muzokaralarni Germaniya sotsial-demokratik partiyasi, Erkin demokratik partiya va «Yashillar» partiyasi olib bormoqda.