Chelakdagi paxta tozalash zavodidan 1 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi undirildi
- 02.05.2020 16:27
- 156
- Iqtisodiyot
Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan qarzdor “Chelak paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati ma’suliyati cheklangan jamiyatidan 5 milliard 187 million 901 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan va Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Amalga oshirilgan ijro tadbirlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisobraqamiga band solingan. Unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan. Jamiyat rahbarlari va mutassadi xodimlari bilan tushuntirish va profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Ushbu ijro tadbirlari natijasida qarzdor “Chelak paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 milliard 27 million so‘m soliq qarzdorligi to‘lab berildi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa