Soliq to‘lovini vaqtida amalga oshirmagan fermerdan 42 million so‘m undirildi

Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi qaroriga ko‘ra, tumandagi “Yagona g’alla” fermer xo‘jaligidan 42 million 184 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Payariq tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida so‘rov xatlari yuborilgan.

Ushbu ijro hujjat bo‘yicha qarzdor “Yagona g’alla” fermer xo‘jaligidan Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 42 million 184 ming so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Majburiy ijro byurosi Payariq tumani bo‘limi.