Chempionatga vizasiz
- 09.06.2021 17:10
- 57
- Xorij
Bir necha kundan so‘ng Sankt-Peterburgda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining o‘yinlari boshlanadi. Dublin turnirlarni o‘tkazishdan bosh tortgani sababli Neva bo‘yidagi shaharda ko‘proq match o‘tkaziladi. Yettita uchrashuvning barchasi "Gazprom Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Turnirning Rossiya tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin maydon to‘liq tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi: "Yettita o‘yin juda ko‘p. Ammo maydon texnik jihatdan juda yaxshi".
Pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan yubiley chempionatiga dunyoning 11 shahri mezbon bo‘ladi. Sankt-Peterburg rahbariyati stadion va muxlislar zonasini yarmigacha to‘ldiradi. Chet elliklar chempionatga vizasiz kelishlari mumkin: ularga koronavirusga manfiy test va ishqiboz pasporti bo‘lsa kifoya.
O‘tgan hafta shaharda COVID kasalligi oshdi, rasmiylar buni virus faoliyatining siklik xususiyati bilan bog‘lashdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa