Cho‘pon chakmoni aylanasiga naq uch metr!

Rasmda ko‘rganingiz, muzeydagi Alpomish yoki bahodirlar kiygan to‘n emas, cho‘ponlarning choponi. Ya’ni, o‘tovi, desak to‘g‘riroq bo‘lar.

Nurobod tumanidagi «Tutli qorako‘l zamini» qorako‘lchilik tashkilotida 11 ming bosh zotdor, qorako‘l naslli qo‘ylar, tuya, echki boqiladi.

Tashkilot mutaxassislarining aytishicha, terini Buxoroda oshlab kelib, bir necha turdagi mahsulotlar tikiladi.

Suratdagi chakmon esa cho‘ponlar uchun bo‘lib, kigizdan tikilgan. Ushbu chakmon cho‘ponlarni faqat sovuqdan saqlamay, ularga tunash uchun yotoq vazifasini ham bajaradi.

G.MO‘MINOVA.