"Cold Out" dori vositasi yurtimizda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan
- 09.08.2023 15:33
- 16
- Salomatlik
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Hindistonda ishlab chiqarilgan «Cold Out» yo‘tal va shamollashga qarshi siropi xavfli deb topilgani haqida xabar berilgan edi.
SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mazkur dori vositasi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmaganini ma’lum qildi.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dori vositasi Iroqda o‘tkazilgan alohida sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, erkin savdodan qaytarib olingan.
Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingina ruxsat etiladi.
Teglar:
Dori vositalari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 7 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand