Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi
- 02.09.2023 21:45
- 104
- Salomatlik

O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq asosiy dori vositalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.
Mazkur ro‘yxatdan:
💊tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda;
💊xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda;
💊xodimlarni uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatishda;
💊mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda;
💊asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi.
❗️Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko‘rsatilgan holda ADVRga kiritiladi.
📌 Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko‘rsatiladi.
🎯 Yangi ro‘yxatda 65 guruhga mansub dori vositalari o‘rin egallagan. Batafsil bu manzilda tanishishingiz mumkin, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Siz korrupsiyaga qarshi qanday kurashyapsiz?
- Bugun, 09:57
- Jamiyat