Ogoh bo‘ling, yana bir qalbaki dori vositasi aniqlandi
- 15.06.2023 15:55
- 105
- Salomatlik
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” tomonida o‘tkazilgan ekspertiza natijalari yuzasidan xat kelib tushdi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi ayrim dorixonalardan xarid qilingan “Neyromidin 20 mg tabletki №50 tabletok” (seriya 40220, yaroqlilik muddati 02.2025, AO “Olaynfarm”) qalbakilashtirilgan dori vositasi ekanligi aniqlandi.
Ushbu dori vositasini muomalasiga chek qo‘yish maqsadida, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi zudlik bilan muomaladan chiqarilishi hamda dori vositalarining inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda yo‘q qilinish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 53 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa