Davr fidoyilari: Oilasi va kasbidan ortib, el uchun vaqt topayotgan ayol
Nilufar Nurmatova yuqori malakali tibbiyot xodimi sifatida zamonaviy bilimga ega, yoshlarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatib, sog‘lomlashtirish-profilaktik tadbirlari sifatini yuksaltirish borasida samarali ish olib borayotgan tajribali rahbar.
Payariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida uning tashabbusi va bevosita tashkilotchiligi sabab keyingi 3 yilda tumanda onalar o‘limi kuzatilmadi.
N.Nurmatova 2014-2019 yillarda xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi, 2019 yildan viloyat Kengashi deputati sifatida faoliyat olib bormoqda.
N.Nurmatova viloyat Kengashi deputati sifatida tumandagi 62 nafar yuqori texnologiyali operatsiyaga, 24 nafar gemodializga muhtoj fuqarolarni sog‘lig‘ini tiklash uchun mablag‘ ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatdi.
N.Nurmatova o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi, jonkuyarligi va talabchanligi, tashkilotchilik qobiliyatlari, mehribonligi bilan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va tumandagi fuqarolar orasida hurmat-e’tibor qozongan.