Deputat tashqi reklama vositalariga e’tibor qaratdi. Bu ishga bevosita mas’ullar-chi?

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Narziqul Xoliqov feysbukdagi sahifasida Samarqand shahrida daraxtlarga turli reklama vositalari va e’lon o‘rnatilganiga e’tibor qaratib, bu ishni hech bir qonun me’yorlariga, tabiatga oqilona munosabatga to‘g‘ri kelmasligini qoraladi.

O‘z reklamasini daraxtga mix qoqib o‘rnatgan Biologiya o‘quv markazi biologiyani tinglovchilarga qanday saboq beradi? Axir biologiya avvalo tabiatga mehr uyg‘otadigan fan emasmi?

Post so‘ngida deputat reklamani daraxtga o‘rnatmay, maxsus vosita yordamida yasash atigi 50 ming so‘mga tushishini eslatgan.