"Dinamo" jamoasi Pro-ligada 3-o‘rinni egalladi
- 29.11.2020 18:51
- 315
- Sport

Bugun «Dinamo» so‘nggi turda G‘uzorda "Sho‘rtan" jamoasiga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida vakillarimiz hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Ammo darvozalar ishg‘ol qilinmadi va futbolchilar 0:0 hisobida tanaffusga chiqishdi.
Ikkinchi bo‘limda jamoalar ko‘proq qarshi hujumdan foydalanishdi. O‘yinning 51-daqiqasida Andrey Sidorovning uzatmasini Amirjon Safarov golga aylantirib, samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida Bekzod Suvonov hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqaga kelib Shahboz Nuriddinovning uzatmasini Shohruh Abdurahmonov golga aylantirib, samarqandliklarga g‘alaba keltirdi va o‘yin 2:1 hisobida nihoyasiga yetdi.
Viloyatimizning "Dinamo" jamoasi Pro-ligada mavsumni 3-o‘rin bilan yakunladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Konstitutsiyamiz mualliflaridan biri
- 1 soat avval
- Mutolaa
So‘nmagan tabassum
- Kecha, 16:48
- Mutolaa
Dovyurak bolakaylar
- Kecha, 16:39
- O'qing, qiziq!