Eksport qilinadigan meva-sabzavotlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi
- Yangi qabul qilingan qarorga ko‘ra, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi, - deydi viloyat bojxona boshqarmasi bosh inspektori Sharofjon Rahmatov.- Shuningdek, eksportyorlar dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijoriy xavflaridan sug‘urta qilmasdan eksportni amalga oshirishlari mumkin bo‘ldi. Shuni ham aytish kerakki, eksport uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek, tovarlarni bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tish uchun eksport qiluvchi javobgar hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda viloyatimizdagi 330 ga yaqin eksportyorlar dunyoning 50 dan ortiq davlatiga dukkakli ekinlar va mayiz eksport qilmoqda.
Azim QODIROV.