Endi OAV foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kam holda to‘laydi
«Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra:
👉 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2025 yil 1 iyulga qadar:
— ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi, reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;
— O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qog‘oz bojxona bojidan ozod etiladi;
👉 “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrin jamg‘armasi quyidagicha ko‘paytiriladi:
bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
birinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (60 mln so‘m);
ikkinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari (52 mln 500 ming so‘m);
uchinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (45 mln so‘m);
12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (30 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.