Energokrizis fonida narxlar oshishda davom etmoqda

Energokrizis oqibatlari o‘laroq narxlar oshishini gazdan uzilgan issiqxonalarda yetishtiriluvchi bodring misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Shuning uchun bu jarayonni shartli ravishda “Bodring indeksi” deb atasa ham bo‘ladi. Oxirgi haftada bodring ulgurji narxi 24 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.
24 dekabr holatiga 17 dekabr bilan solishtirganda monitoring qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxida, xususan:
Sabzi 2,5 ming so‘mdan 3 ming so‘mga;
Lavlagi 2,7 ming so‘mdan 3 ming so‘mga;
Sarimsoqpiyoz 30 ming so‘mdan 32 ming so‘mga;
Pomidor 19 ming so‘mdan 20 ming so‘mga;
Baqlajon 23 ming so‘mdan 24 ming so‘mga;
Mandarin 25 ming so‘mdan 30 ming so‘mga;
Ananas 21 ming so‘mdan 30 ming so‘mga;
Tarvuz 30 ming so‘mdan 35 ming so‘mga;
Qovun 35 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha oshishi kuzatilgan.