Yerga yana magnit bo‘ronlari yaqinlashmoqda

Olimlar bugun, 12 iyulda G1 darajasidagi bo‘ron kuzatilayotgani, ertaga, 13 iyulda yana bir G2 bo‘roni kutilayotganini ma’lum qildi.

Magnit bo‘ronlari darajasi G1 (kuchsiz)dan G5 gacha bo‘ladi.

Kuchsiz bo‘ron elektr tarmoqlarida kichik uzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa, kuchli bo‘ronlar qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining uzilishiga, shuningdek, sanoat tarmoqlarida elektr ta’minotining uzilishiga olib keladi.

Mutaxassislar katta yoshdagi va surunkali kasali bo‘lganlarga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida G4 darajasidagi eng kuchli magnit bo‘roni 23 aprel kuni Yerga yoprilgan va deyarli bir kun davom etgan.