Yevropa Ittifoqining Shengen hududi chegaralari yopiladimi?
Yevropa davlatlarida koronavirus keskin tarqalayotganligiga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi Shengen hududidagi chegaralarning yopilishi to‘g‘risidagi masalani kun tartibida ko‘rib chiqmadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashi xabar berdi.
Ular quyidagilarni bayon qildilar: chegara nazorati holatiga “davlat siyosati yoki ichki xavfsizlikka jiddiy xavf tug‘ilgan holatda o‘tiladi” va har bir davlat chegaralari o‘ta qaltis vaziyatda yopiladi. Shu bilan birga, Yevropa kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa bo‘ylab 381 nafar COVID-2019 virusiga chalinganlar aniqangan, ulardan 12 kishi halok bo‘lgan. Kasallanganlarning asosiy qismi Italiya ulushiga to‘g‘ri keladi.
Izoh: Shengen hududi davlatlariga quyidagi 26 davlat kiradi:
Chexiya, Belgiya, Gretsiya, Finlyandiya, Daniya, Latviya, Litva, Estoniya, Germaniya, Fransiya, Islandiya, Polsha, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya, Slovakiya, Shvetsiya, Lixtenshteyn, Sloveniya, Shveysariya, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya (Gollandiya), Avstriya va Vengriya.