Faqat bir marta sodir bo‘lgan voqealar

Dunyoda qayta-qayta takrorlanadigan voqealar ko‘p. Misol uchun, quyosh tutilishi nisbatan kam uchraydi, biroq bu hodisa oldindan bashorat qilinadi. Har to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari butun dunyodagisportchilarni birlashtiradi. Texnologik taraqqiyot tufayli hatto kosmik sayohatlar kabi keng ko‘lamli tadbirlar ham tobora odatiy holga aylanib bormoqda.

Insoniyat tarixida faqat bir marta sodir bo‘lgan va boshqa hech qachon qaytarilmagan voqealar ham bo‘lgan. Ular o‘zlarining noyobligi bilan tarixda iz qoldirib, odamlarning hayratiga sabab bo‘ldi va ko‘plab savollarni uyg‘otadi.

Suvsiz qolgan Niagara

1969 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari vaKanada chegarasida joylashgan dunyoning engmashhur tabiiy mo‘’jizalaridan biri hisoblanganNiagara sharsharasi suvsiz qoldi.

 

O‘sha yili olimlar sharshara ostidagi geologik xususiyatlarni o‘rganish, toshlarni mustahkamlash va kelajakda sharsharaning vayron bo‘lishining oldini olish maqsadida tajriba o‘tkazib, Niagara daryosining oqimini to‘xtatishga qaror qilishdi. Uch kun davomida tosh to‘ldirilgan 1200 dan ortiq yuk mashinalari Amerika tomonidagi uch qismga bo‘lingan suv oqimini to‘sib qo‘ydi va oqimning ikkitasi vaqtincha Kanada tomon yo‘naltirildi.

Sayyohlarni cho‘chitib yuborishi kutilgantajriba aksiga olib noyob tomoshaga aylandi. Uni ko‘rish uchun minglab tomoshabin keldi. Ular quritilgan sharsharaning pastki qismi bo‘ylab yurib, asrlar davomida boshqa sayyohlar tomonidan qoldirilgan tangalarni ham yig‘ib olishdi.

Tadqiqot davomida muhandislar yillardavomida to‘plangan toshlar va chiqindi qoldiqlari, shuningdek, shaxsi aniqlanmaganikkita - erkak va ayol jasadini topdilar. Besh oy ichida sharshara o‘zining odatdagi quvvatiga qaytdi. Shu kungacha millionlab odamlar dunyodagi eng ta’sirli tabiiy mo‘’jizalardan birini ko‘rish uchun bu yerga kelishadi.

Londondagi pivo toshqini

1814 yilning 17 oktyabrida London tarixdagi eng noodatiy va fojiali toshqin - pivo toshqinini boshdan kechirdi. Greyt Rassel Strit vaTottenhem Kort Roud ko‘chalari chorrahasida joylashgan Horse Shoe Brewery zavodida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli ko‘chalarga taxminan 1,5 million litrdan ko‘proq iliq pivo quyib yuborildi. Hammasi katta yog‘och pivo idishini ushlab turgan temir halqa singanida boshlandi, ulkan idish yorilib, pivo zavodi devori va bir qancha qo‘shni binolarni vayron qilgan suv toshqinini yuzaga keltirdi.

Bir zumda balandligi 4,5 metrgacha ko‘tarilganto‘lqin o‘sha paytda Londonning qashshoq hududihisoblangan Sent-Jayls yaqin atrofidagi ko‘chalarva uylarni pivoga g‘arq qildi. O‘nlab uylar quladi va toshqin natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi.Fojiaga qaramay, ba’zi odamlar vaziyatdanfoydalanib, chelaklarini pivoga to‘ldirib olishdi.

 Qon guruhini o‘zgartirgan qiz

2008 yilda jigar transplantatsiyasidan so‘ng to‘qqiz yoshli avstraliyalik Demi-Li Brennan ismli qizaloqning qon guruhi o‘zgardi.  Shifokorlar uning qonidagi oq tanachalar (leykotsitlar) endi donornikiga o‘xshab qolganligini aniqlashdi.

- Donor jigarining ildiz hujayralari qizning qon hujayralarini almashtirishga muvaffaq bo‘ldi va Demi-Li jigar bilan birga  donorning immun tizimini ham qabul qildi,  - tushuntirish berdi doktorlar.

 

Hayratlanarlisi, Demi-Li tanasigatransplantasiya qilingan organni qabul etmaslikning oldini olish uchun dori-darmonlarqabul qilish zarurati tug‘ilmadi. Tibbiyotdagi bunday noyob va takrorlanmaydigan holatdan so‘ngDemi ko‘p yillardan buyon bu muolajalarsiz sog‘-omon yashab kelmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.