Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fikrlar taqdirni shakllantiradi: Xursand yursangiz, jumboqlaringiz yechiladi

Ba’zi odamlar biror ishi bitmasdan, mag‘lubiyatga uchrasa ham muammoga qiziquvchanlik bilan qaraydi, shukronalik qilish orqali niyatiga yetishiga ishonadi. Bu inson o‘z-o‘zini aldashdan boshqa narsa emas, dersiz. Lekin bu haqiqat oqibatda ularga baxt keltiradi.

Aksariyat odamlar muammolarga g‘azab qilib, salbiy tarzda javob beradi. Vaziyatga qarshi kurashishni boshlab, qarshilik hissi bilan ish tutadi. Jahl qilish orqali vaziyatni nazoratga olaman deb o‘ylasa, albatta  xato qilgan bo‘ladi.

Salbiylikning maqsadi nimada? Unda hech qanday maqsad yo‘q. Aksincha, g‘azablanish va tajovuzlikni keltirib chiqaradi.

“Dunyo – bu amaliy kuch”. Kvant olamini o‘rganadigan olimlar shunday deb aytadi. Barcha zarralar bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planadi. Bu  paradoks - ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan kvant naoniqligi, deb aytiladi. Sodda zarrachalar oddiy kuzatuvdan so‘ng o‘z holatini o‘zgartira boshlaydi. Inson ham biror bir narsaga qat’iy ishonchi va harakatlari orqali ezguliklarga erishadi.

Masalan, siz pulingiz yetmasligiga ishonasiz. Shunday ham bo‘ladi. Sizda doim pul yetishmovchiligi sezilib turadi. Yoki, bu shaharda yaxshi ish topish juda qiyin. Albatta, siz haqsiz. Sizning to‘g‘ringizda yashaydigan odamlarning puli hamma narsaga yetadi. Ular yaxshi joylarda ishlaydi. Nimaga? Ular omadlimi? Yo‘q!

Kvant fizikasining qonuni: Siz – doim! Har doim! Hech qanday mubolag‘asiz o‘zingiz kutgan natijani olasiz!

Bu fikrga qo‘shilmayman, deysiz. U holda siz 100 foiz haq bo‘lasiz. Ammo o‘z nuqtai nazaringiz sizga tinchlik, ravshanlik, quvonch keltirarmikan? To‘siqlarni osonlikcha yengib o‘tishga yordam berarmikan?

Kuzatuv... va yana kuzatuv

Bir kishi qo‘lini jarohatlab, shifokorlar bu nogironlik ekanligini aytganida, ularga ishonib tushkunlikka tushdi. Keyin dahshatli halokatdan keyin qo‘lidagi tuzalmas jarohatlarni tiklagan odam to‘g‘risida o‘qib, tuzalib ketish mumkinligiga amin bo‘ldi. Natija: uning qo‘li butunlay soppa-sog‘.

Ikkinchi holat: 15 yoshida u kambag‘allik taqdirimda bor, deb o‘ylardi. Ko‘p ishladi, lekin harakatlarining barchasi behuda ketdi. Keyin moliyaviy erkinlikka erisha olishiga ishondi va uddasidan chiqdi. Hayot bilan kurashish kerakligini bilib oldi. Vaholanki, uning dunyosi xavfli, makkor va shavqatsiz edi. Endi u doimiy himoyada. Qilayotgan ishi faqat uning baxti uchun xizmat qiladi. Dunyosi endi u haqda qayg‘uradi.

Har lahzada tanlov qilish imkoniyatimiz bor. Har soniyada o‘zimizning amaliy hayotimizni yaratamiz.

Har safar siz istamagan biror bir holat ro‘y bersa, kvant chorrahasiga tushib yo‘l tanlaysiz. G‘azablansangiz, noto‘g‘ri ko‘chaga qayrilib, jaholatli dunyoga qarab yo‘l olasiz.

Tanlagan yo‘lingiz sizga yoqsa, demak hammasi joyida. Agar yoqmasa, o‘zingizga “Ura!!! Hammasi zo‘r”, deb ayting va Haqiqat ko‘chasiga xush kelibsiz. Haqiqat har doim mehribon va xolisdir! Uni faqat sizning fikrlaringiz, baholaringiz o‘zgartira oladi.

Har qanday tajribadan chin dildan xursand bo‘lganingizda,  jumboqlaringiz o‘zidan o‘zi ochilaveradi.  Yo‘q, agar kurashishdan charchamagan bo‘lsangiz, bemalol kurashavering. Shaxsan menga tinchlik va osoyishtalik ko‘proq yoqadi.

Hayotingiz bilan birdamlikda yashang, xolis tanlash imkoniyatiga ega bo‘ling va tajribangiz bilan bo‘lishing. Shunda avval o‘zingizga, keyin esa boshqalarga oson va baxtli yashashga yordam qilgan bo‘lasiz.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.