G20 moliyaviy  kommyunike bo‘yicha kelishuvga erisholmadi

G20 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarining Hindistonning texnologiya poytaxti Bangalordagi uchrashuvi Ukraina urushini matndan olib tashlashni talab qilgan Xitoy va Rossiya bilan kelishmovchiliklar tufayli konsensusga erishmasdan yakunlandi.

O‘tgan yili Indoneziya raisligida o‘tgan G20 ning oldingi moliyaviy yig‘ilishlarida ham qo‘shma kommyunike ishlab chiqilmagan edi.

"Moliyaviy G20ning oldingi yig‘ilishlariga qaraganda munozaralar qiyinroq kechmoqda, chunki urush davom etmoqda", dedi Ispaniya moliya vaziri Nadiya Kalvinyo.

Tadbirda turli mamlakatlar, moliya institutlari va banklaridan 72 delegatsiya ishtirok etdi. Rossiya ekspertlar darajasida taqdim etildi.

Shu kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Hindistonga tashrif bilan keldi. Uning qayd etishicha, Xitoyning tinchlik o‘rnatishdagi roli urushni qoralashdan boshlanishi kerak.

Shols Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuv yakunida u Germaniya va Hindiston qurollanish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishni rejalashtirayotganini aytdi.