Gaz narxi yanvardan boshlab pasaydi. Uni oshirgan tadbirkorlar nazoratga olinadi
Respublikamiz ayrim hududlarida avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi siqilgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirish shoxobchalarida o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan joriy yilning 4 yanvarida 1 m3 metan gaz narxi 1900 so‘mdan 2200 so‘mgacha, yani 300 so‘mgacha µamda 1 litr propan gazning narxi 200 so‘mdan 500 so‘mgacha oshganligi kuzatildi. Ayniqsa, bunday holat Toshkent shahri, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tanlov asosida bir qancha metan gaz quyish shoxobchalarining faoliyati tahlil qilinganda, 2018 yilning 9 oyida 1 m3 metan gazning o‘rtacha narxi 1650 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 4 chorakka kelib 1950 so‘mgacha oshirilgan. Joriy yildan boshlab esa hech qanday asossiz ravishda 1900 so‘mdan oshirilib, 2200 so‘mgacha sotilmoqda.
Natijada gaz quyish shoxobchalarining rentabellik darajasi 2018 yilning 9 oyligidagi 20-29 foizdan 45-60 foizgacha oshgan. Agar ushbu shoxobchaning rentabellik darajasi 30-36 foiz miіdorida saqlangan holatda narx 1800-1900 so‘mdan oshmasligi kerak edi.
Davlat soliq qo‘mitasi hisobida, 2019 yilning 1 yanvaridan amaldagi soliq konsepsiyasi doirasida 1 m3 metan gazning narxi bor-yo‘g‘i 210 so‘mgacha oshishi ham inobatga olingan.
Jumladan, gaz uchun aksiz solig‘i kiritilishi hisobiga 55 so‘m, yagona soliq to‘lov o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk, yer solig‘i va foyda solig‘i kiritilishi natijasida 155 so‘m oshishi mumkin edi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, daromadlilik va rentabellik darajasini yuіori miqdorlarda saqlash maqsadida ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalari asossiz ravishda narxlarni oshirishga urinmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, joriy yilning 1 yanvaridan soliq o‘zgarishlari natijasida narxlarni o‘zgartirmasdan faoliyat ko‘rsatilganida ham gaz quyish shoxobchalarining rentabellik darajasi 25-30 foizni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida, iqtisodiyot tarmog‘idagi rentabellik darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini tashkil etmoіda.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan asossiz ravishda narxlarni oshirishga urinadigan “tadbirkorlar” faoliyati nazorat qilib boriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.