Viloyatda suyultirilgan gaz iste’molchilari yarim millionga yaqinlashdi: Bu umumiy gaz iste’molchilarining 65 foizini tashkil etadi

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali axborot xizmatiga ko‘ra, viloyatda jami 489 ming 503 ta iste’molchilar (aholi), 385 ta ijtimoiy soha ob’yektlari mavjud bo‘lib, bu umumiy gaz iste’molchilarining 60-65 foizini tashkil etadi.

Bugungi kunda bir oyda 7 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Suyultirilgan uglevodorod gazini tashish uchun jami 100 ta avtomashina mavjud bo‘lib, shundan 91 “Isuzu”, 6 ta “Zil” va 3 ta “Chakman” avtomashinalari orqali axoliga yetkazib berilmoqda. Suyultirilgan gazni keltirish va tashish mavsadida 16 ta “MAN” va temiryo‘l vagonlaridan foydalaniladi. Suyultirilgan gaz ballonlarining har biriga maxsus chiplar o‘rnatilgan. Bu onlayn nazorat qilish imkonini beradi.
Korxona vakiligi ko‘ra, suyultirilgan gaz ballonlari har besh yilda ta’mirlanib, texnik sinovdan o‘tkaziladi. Buning uchun viloyatda 5 ta maishiy gaz ballonlarini ta’mirlash-sinash sexlari tashkil etilgan.

Gaz ballonlardan foydalanishda ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga ballonlardan foydalanishning texnik xususiyatlari tushuntirib boriladi.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida aholi yashash maskanlari, ijtimoiy soha ob’yektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanish, gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishiga asosiy etibor qaratiladi. Yanvar oyida 14 ming 451 ta aholi yashash maskanlari va 279 ta ulgurji iste’molchilarning gaz jihozlari profilaktika va texnik ko‘rigi o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, har bitta gaz uskunasi, isitish tizimlari loyiha asosida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Gaz uskunalari va isitish tarmoqlari bir yilda bir marta profilaktik ko‘rikdan o‘tkalishi shart. Texnik ko‘rik gaz ta’minoti idoralari tomonidan bajarilishi lozim.