Urgutda chilangar-ta’minotchi salkam 111 million so‘mlik suyultirilgan gazni o‘zlashtirgan
- 13.09.2024 15:41
- 217
- Samarqand

Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Aniqlanishicha, “Urgut tumangaz” gaz taqsimlash bo‘limi suyultirilgan gaz xizmati chilangar-ta’minotchisi soxta xujjatlarni rasmiylashtirgan. Bu orqali aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 million so‘mlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborgan. Bu pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Teglar:
gaz ballon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 1 soat avval
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Bugun, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo