“Qayerga borsang bor, gazballon yo‘q”: Toyloqda iste’molchi uch oydan beri suyultirilgan gaz uchun maishiy gazballon ololmayotganini aytmoqda

Men Toyloq tumani Nayman mahallasi yashayman. 11 yanvar kuni “Toyloqtumangaz”ga suyultirilgan gaz ballon ajratib berish to‘g‘risida ariza topshirdim. “Hujjatda kamchilik bor”, deb qaytarishdi. 16 yanvar kuni hujjatlarni to‘g‘irlab Mirzohid hamda Komil ismli xodimlarga topshirdim. Bu safar hujjatlarim to‘g‘ri ekanini aytishdi, ammo ro‘yxatga olishmadi. “Gaz ballon 20 yanvargacha keladi telefon kilib so‘rab tur”, deb qaytarib yuborishdi.
Shundan buën telefon qilaman, gaz ballon yo‘q deb javob qilishadi. 24 mart kuni yana bordim, “sen hujjat bermagansan, seni hozir ko‘rib turibman”, deya qo‘pol muomalada bo‘ldi. Tegishli joyga boraman desam “qayerga borsang bor”, deb aytishdi.

Tahririyatdan: Bu Toyloq tumanidan murojaat qilgan To‘lqin Abdullayevning tahririyatga xati mazmuni. Bitta maishiy gazballon uchun fuqaroning uch oy sarson bo‘lishi ochig‘i, bizni ham hayron qoldirdi. O‘ylaymizki, tegishli tashkilotlar holatni tez orada o‘rganib chiqishadi.