Germaniya kansleri Rossiya prezidenti bilan uchrashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel Moskvada muzokara o‘tkazdi. Bu ularning koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi.
Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, ular turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, bir qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishdi.
Vladimir Putin uchrashuvda Germaniya Rossiya uchun asosiy sheriklardan biri ekanligini aytdi.
«Endi shuni ta’kidlashni istardimki, Federativ Respublikasi biz uchun ham Yevropada, ham butun dunyoda asosiy sheriklardan biri bo‘lib qolmoqda", dedi Putin.
Merkelning Rossiyaga bunday maqomdagi oxirgi safari bo‘ldi. Chunki Germaniyada sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Bundestag saylovlarida u qatnashmaydi. Putin bilan uchrashgandan so‘ng, Merkel 22 avgust kuni Kiyevga tashrif buyuradi. Tashrif chog‘ida muhokama qilinadigan masalalar qatorida iqtisodiyot, energetika, xavfsizlik va dolzarb xalqaro muammolardan iborat.