Germaniya kansleri Xitoyga "munozarali" tashrif bilan keldi
Olaf Shols uch yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan birinchi G‘arb rahbari bo‘ldi va safar allaqachon ko‘plab tanqidlarga uchrab ulgurdi.
Xitoy raisi Si Szinpinning shaxsiy qudratining oshishi G‘arbda ham xavotir uyg‘otmoqda, shuningdek, Tayvan atrofidagi keskinlik kuchaymoqda.
Biroq, Xitoy Germaniyaning eng yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda va bu fakt hozir tanqid qilinmoqda: bir qator ekspertlar va Germaniya hukumatidagi "Yashillar" vakillari Berlin xuddi Rossiya misolida to‘satdan do‘stona bo‘lishni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan mamlakatga tobe bo‘lib xatoga yo‘l qo‘ymoqda.
Dunyodagi eng yirik va Sholsning ona shahri bo‘lgan Gamburg porti terminallaridan birining ulushini Xitoyga sotish haqidagi qaror ayniqsa janjalli bo‘ldi. Bitimga qarshi bo‘lganlar Yevropadagi yirik, qit’ada yuk tashish hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan port XXR nazoratiga o‘tishi xavfi borligini aytishmoqda va kanslerni ushbu kelishuvni "bosib o‘tkazish"da ayblashmoqda.