Germaniya mudofaa vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext dushanba kuni Germaniya kansleri Olaf Sholsga o‘z lavozimini tark etish istagi haqida xabar berdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

“Bugun men kanslerdan meni bu vazifalardan ozod etishni so‘radim”, — deya agentlik so‘zlarini keltirgan Lambrext.

O‘z navbatida, Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi mudofaa vaziri lavozimida Lambrext o‘rniga kim kelishi hozircha ma’lum emasligini ta’kidlaydi. Xususan, uning mumkin bo‘lgan vorislari orasida Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi hamraisi Lars Klingbeyl, Mehnat vaziri Xubertusa Xayl va Bundestagning harbiy ishlar bo‘yicha komissari Yeva Xyogl bor.

Nashrning qayd etishicha, Lambrextning mudofaa vaziri sifatidagi faoliyati bir necha oy davomida, jumladan, Bundesver uchun jihozlar sekin xarid qilinayotgani va tajriba yetishmasligi tufayli tanqid qilingan.

Shu bilan birga payshanba kuni Pentagon rahbari Lloyd Ostin Berlinga tashrif buyurishi kutilmoqda. 20 yanvar kuni AQShning Ramshtayn aviabazasida bir qator davlatlar mudofaa idoralari vakillarining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish masalasi bo‘yicha uchrashuvi rejalashtirilgan.