Germaniya saylovlarning dastlabki natijalarini e’lon qildi

Sotsial-demokratik partiyasi (SPD) Germaniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 25,7 % ovoz bilan g‘alaba qozondi. Buni mamlakat Federal saylov komissiyasining 299 ta saylov okrugidagi dastlabki ma’lumotlaridan kelib chiqib ARD telekanali ma’lum qildi.

Sotsial-demokratlarning g‘alabasi avval ekzitpol (sotsiologik xizmatlar tomonidan fuqarolarni so‘roq qilish tartibi)lar orqali ko‘rsatilgandi.

Ikkinchi o‘rinda 24,1 % saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Xristian demokratik va xristian sotsial birlashmalari (XDS/XSS) bloki. Deutsche Welle ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu konservativ blok tarixida federal saylovlardagi eng past natija bo‘ldi.

Yashillar - 14,8 %, Erkin demokratik partiya (SvDP) - 11,5 %, «Germaniya uchun alternativa» - 10,3 %.

«Chaplar» partiyasini 4,9 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatladi. U saylov okruglari (Berlindagi Gregor Gizi va Gezine Letch, Leypsigdagi Seren Pelmann) bo‘yicha uchta to‘g‘ridan-to‘g‘ri mandat olgani sababli parlamentga kiradi.

Kecha, yakshanba kuni Germaniyada parlament saylovlari bo‘ldi. Ular 16 yil ichida birinchi marta Germaniyaning amaldagi kansleri ishtirokisiz o‘tdi. 2018 yilda Angela Merkel Xristian-demokratik ittifoqi rahbarligidan iste’foga chiqdi va to‘rtinchi kanslerlik muddati oxirida siyosatdan ketishini e’lon qildi.