Germaniya “tibbiyot sohasidagi NATO” tashkil etish niyatida

Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yens Shpan koronavirus pandemiyasiga o‘xshash tibbiy inqiroz masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanadigan yagona Yevropa alyansini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqida Gazeta.ru nashri xabar bermoqda.

Nashr taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, vazir Yevropaning barcha tibbiy xodimlariga foydalanish imkonini beruvchi yagona tizim barpo etilishi zarur, deb hisoblamoqda. Shpanning fikriga ko‘ra, bunday tizim tez va samarali yordam ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.

“Yangi alyans tibbiyot sohasidagi o‘ziga xos NATO bo‘lishi mumkin”, deya ta’kidladi vazir.

Bundan tashqari, u kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish Yevropa markazi faoliyatini kengaytirib, uni umumevropa virusologiya institutiga aylantirtilishiga qiziqish bildirdi.