Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Ayni kunlarda Germaniyada mintaqaviy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Kecha, 15 mart kuni saylovlarning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Ularga ko‘ra, 31 foiz ovoz bilan Baden-Vyurtembergda «Yashillar» partiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu haqda «Diye Welt» nashri ma’lumot berdi.
Hukmron «Xristian-demokratik ittifoqi» (XDS) partiyasi 23 foiz ovoz oldi, bu o‘tgan safargiga nisbatan 4 foiz kam. Mintaqadagi uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda 11,5 foiz ovoz bilan "Germaniya uchun alternativa" va 12 foiz ovozga ega bo‘lgan «Sotsial-demokratik partiya» joy olgan.
Reynland-Pfalse sotsial-demokratlari 34,5 foiz ovoz bilan peshqadamlik qilmoqda, XDS esa 26 foiz ovoz bilan mintaqada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda 10,5 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan "Germaniya uchun alternativa" partiyasi bo‘ldi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, bunday natijalar mintaqaviy saylovlarda tegishlicha 4-6 foiz yo‘qotayotgan kansler Angela Merkel boshchiligidagi hukmron XDSga zarba bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, «Yashillar» hukmron koalitsiyaning yangi tarkibiga kirishi mumkin.
Germaniyadagi avvalgi saylovlar 2016 yilda bo‘lib o‘tgan. Joriy yilning sentyabr oyida mamlakatda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, natijada yangi kansler boshchiligida yangi federal hukumat tuziladi.