Gretsiyada ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi
Ommaviy norozolik namoyishlari o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritilishiga qarshi bo‘lgan minglab greklar norozilik namoyishlariga chiqdi. Namoyishlar mamlakatning 40 ta aholi yashash punktlarida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Eng yirik namoyish Gretsiya parlamenti yonida, Afinada bo‘lib o‘tdi. “Yangi demokratiya” hukmron partiyasi tomonidan 9 iyun kuni qabul qilingan yangi qonunga noroziliklarini bildirish uchun 10 mingga yaqin odam Afina ko‘chalariga chiqdi. Yangi qonun namoyishlar o‘tkazilishini bir muncha cheklashni va bir qator qat’iy choralarni nazarda tutadi.
Afinada bo‘lib o‘tgan namoyish dastlab tinch muhitda o‘tayotgan edi. Biroq ayrim namoyishchilar politsiya xodimlariga qarata pirotexnik vositalar, benzinli portlagichlar va boshqa narsalar uloqtira boshlagan. Bunga javoban huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.
Euronews telekanali bergan ma’lumotga ko‘ra, 6 nafar politsiyachi jarohatlangan va 24 nafar namoyishchi hibsga olingan.