Gretsiya qirg‘oqlarida yuzlab pokistonlik halok bo‘ldi

O‘rta yer dengizida muhojirlarni olib ketayotgan kema halokatga uchrashi oqibatida 300 dan ortiq pokistonlik halok bo‘lgan. Kecha Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida Yevropa Ittifoqi duch kelayotgan qochqinlar inqirozini fosh qilgan navbatdagi fojiada odam to‘la baliq ovlash kemasi halokatga uchragan.

Pokiston Senati raisi Muhammad Sodiq Sanjrani yakshanba kuni qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirgan.

Pokiston so‘nggi o‘n yilliklardagi eng og‘ir iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasidan moliyaviy yordam olish harakatlari mamlakatdagi siyosiy notinchlik tufayli murakkablashmoqda. Xavfga, Yevropa o‘z chegaralari va muhojirlarga nisbatan pozitsiyasini keskinlashtirganiga qaramay, o‘n minglab odam daromad izlab, Yevropaga xatarli sayohatga oshiqmoqda.