Gretsiya: O‘rmon yong‘inlari qadimgi Olimpiaga yaqinlashdi

Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari qadimgi Olimpiya o‘yinlari boshlangan va ming yildan ko‘proq vaqt davomida o‘tkazib kelingan qadimiy Olimpiyaga yaqinlashdi.

Yuzlab o‘t o‘chiruvchilar tun bo‘yi olov bilan kurashdi, lekin kuchli issiq va shamol tufayli olovni o‘chirib bo‘lmayapti. Bundan tashqari, yangi-yangi frontlar paydo bo‘lmoqda. Qutqaruvchi va ko‘ngillilar uning yo‘lini to‘sish maqsadida xandaklar qazib, suv bilan to‘ldirishdi.

Yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinyapti.

Gretsiyada o‘n kun davomida 40 daraja issiq saqlanib turibdi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida har kuni o‘nlab o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Hozirgi kunda eng kuchli yong‘in Afina shahriga yaqinlashdi, shuningdek 70 kilometr uzoqlikdagi Evbeya orolidagi Attika poytaxti va Ilia mintaqasidagi Peloponnesda sodir bo‘lmoqda.

Meteorologlar ma’lumotlariga ko‘ra, faqat to‘rt kun ichida, yakshanbadan chorshanbagacha mamlakatda 6 ming gektar o‘rmon yonib ketgan.