Yoqutiston alanga ichida qoldi
Sibirdagi yong‘in mamlakatga ko‘p zarar keltirmoqda, deb yozdi The Washinton Post. Bu hatto Gretsiya, Turkiya, Italiya, AQSh va Kanadadagi yong‘inlarni birgalikda olgandagidan ham ko‘p.
Yoqutistonda olov allaqachon 8 million gektar hududning kulini ko‘kka sovurdi. Bu Rossiyada alanga ichida qolgan maydonning yarmini tashkil qiladi. O‘tgan kunlarda olov Yoqutistondan 60 kilometr narida bo‘ldi, osmonni tutun qoplagani bois aeroport yopildi. Yong‘in mamlakatni qamrab olib, hatto chegaradan o‘tib ketdi. Hududdagi 400 aholi punktini qamrab olib, Krasnoyarsk, hatto Xitoy, Mo‘g‘uliston, Yangi Yer, Shimoliy Qutbni tutun bilan qopladi.
Tabiiy ofatning sabablari ko‘p. Avvalo, misli ko‘rilmagan jazirama issiq. Buning ustiga, o‘rmonlarni muhofaza qilish tizimi yo‘q qilingan, moliyalashtirish va qo‘riqlash strukturasi keskin qisqartirib yuborilgan. Dahshatlisi, yong‘in turar joylar, chorva mollarini nobud qilib, odamlarni boshpanasiz qoldirmoqda.
Rossiya OAV nashrlaridan T.ShOMURODOV tarjimasi.