Yevropada olovli front kengaymoqda
Mana beshinchi kunki, Turkiyada o‘rmon yong‘inlari to‘xtagani yo‘q. Qurbonlar soni sakkiz kishiga yetdi. 850 dan ortiq odam zarar ko‘rdi. Ko‘pchilik boshpana, uy hayvonlari, mol-mulkidan ayrildi. Alangani o‘chirish 40 daraja issiqlik tufayli murakkablashdi.
Dam oluvchilar Antaliya va Mug‘la yaqinidagi kurortlarni ommaviy ravishda tark etmoqda. Sohil qo‘riqchilari va mamlakat harbiy-dengiz kuchlari kemalari ommaviy evakuatsiya ehtimoli uchun qirg‘oqqa tortilgan. Yong‘in Bodrumdagi turar-joy, mehmonxonalarga yetib bordi va odamlarni jon saqlab qochishga majbur qildi.
"Milliy falokat" deb nomlangan yong‘inlarning asosiy versiyasi - bu o‘t qo‘yish bo‘lib qolmoqda.
Gretsiyaning g‘arbiy qismida misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik va kuchli shamol tufayli yong‘in jabhasi kengaydi. Dam olish kunlari 120 ga yaqin yong‘in qayd etildi. Ulardan eng yirigi Rodo orolida ro‘y bermoqda. Patras shahri yaqinidagi to‘rtta aholi punkti xalqi xavfsiz joyga olib ketildi.
Sitsiliyada ham haddan tashqari issiq havo sharoitida yong‘inga qarshi kurash bormoqda. 800 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. Ammo orol ma’murlari yong‘inni o‘chira olmayotganini tan olishdi va Rimdan yordam so‘rashdi. Evakuatsiya Peskara shahrida amalga oshirildi. U yerda mashhur Pineta Dannunziana qo‘riqxonasi yonmoqda.
Italiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham yong‘inlar o‘t qo‘yish oqibatida kelib chiqqqanligini ehtimoldan xoli qilishmadi.