Fransiyadagi yong‘inni o‘t o‘chiruvchi uyushtirgan bo‘lib chiqdi
- 29.07.2022 14:27
- 79
- Xorij
Iyul oyida Fransiyaning turli hududlarida minglab o‘t o‘chiruvchilar keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari bilan kurashayotgan bir paytda, ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi bir necha o‘rmonni yondirganiga iqror bo‘ldi.
BFM TV telekanaliga ko‘ra, gumonlanuvchi 22 may, 21 iyul va 26 dan 27 iyulga o‘tar kechasi Ero departamenti (mamlakat janubi)dagi to‘rtta yong‘inga sababchi bo‘lganini tan olgan. Yong‘in 800 gektarga yaqin o‘rmonni yo‘q qilgan.
O‘zining motivatsiyasini tushuntirar ekan, u o‘t o‘chiruvchilar aralashuvini oshirish, "oiladagi zo‘ravon muhitdan qochish" va "adrenalin" oshirish tufayli harakat qilganini aytdi.
Buning ustiga ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi o‘rmon qo‘riqchisi va mahalliy munitsipalitet a’zosi bo‘lib chiqdi. Unga 15 yillik qamoq jazosi va 150 ming yevro jarima solinadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand