Fransiyada Olimpiada ishtirokchilari oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
- 29.07.2024 12:11
- 174
- Xorij
L’Equipe gazetasining yozishicha, olimpiya sportchilari ularga taklif etilayotgan oziq-ovqat, xususan, tuxum va go‘sht miqdorini yetarli emas, deb hisoblamoqda.
Sportchilarning nonushta ovqatlanishiga cheklovlar haqidagi shikoyatlaridan so‘ng, oziq-ovqat yetkazib beruvchi kompaniyalar bu borada bayonotlar bergan.
Olimpiada paytida sportchilarni boqish uchun 600 tonna yangi oziq-ovqat yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan Sarrefour guruhi vakilining aytishicha, dastlab rejalashtirilgan miqdorni oshirish so‘ralgan va bu talabni qondirish mumkin.
Ma’lumiotlarga ko‘ra, 11 avgustda yakunlanadigan 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida 10,5 mingga yaqin sportchi ishtirok etadi.