Makron Fransiya parlamenti Milliy assambleyasini tarqatib yuborishini ma’lum qildi
- 10.06.2024 12:03
- 47
- Xorij
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron yakshanba kuni kechqurun fransuzlarga qilgan murojaatida parlament quyi palatasi – Milliy assambleyani tarqatib yuborishini ma’lum qildi.
"Konstitutsiyamizning 12-moddasida talab qilingan maslahatlashuvlarni amalga oshirganimdan so‘ng, men sizlarga yana bir bor parlament kelajagimiz tanlovini ovoz berish orqali berishga qaror qildim", degan Makron.
“Shuning uchun bugun kechqurun men Milliy assambleyani tarqatib yuboraman, bir necha daqiqadan so‘ng parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolayman, uning birinchi turi 30 iyunda, ikkinchisi 7 iyulda bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritgan u.
Avvalgi parlament saylovlari mamlakatda 2022 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan edi. Ma’lumot uchun, oxirgi Milliy assambleyada Makron deputatlarning jiddiy qarshiligiga duch kelgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa