Gretsiyaning Samos orolida yuz bergan zilzila tufayli olti oylik favqulodda vaziyat e’lon qilindi

Bu haqda Gretsiyaning Fuqarolar muhofazasi bosh kotibiyati ma’lum qildi. 

“Fuqarolar muhofazasi va inqirozli vaziyatlarni boshqarish vazirining o‘rinbosari Nikos Xardaliasning buyrug‘i va Fuqarolar muhofazasi bosh kotibi Vasilos Papageorgiu qaroriga binoan, Sharqiy va G‘arbiy Samos munitsipalitetlarida favqulodda vaziyat (FV) e’lon qilindi”, - deyilgan RIA Novosti nashriga taqdim etilgan ma’lumotda. 

Favqulodda vaziyat joriy etilishi kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun zurur, chunki FV zaruriy qarorlar qabul qilishni soddalashtiradi. Reglament olti oy, 2021 yil 30 aprelga qadar davom etadi. 

30 oktyabr kuni Egey dengizida kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila tufayli Gretsiyaning Samom oroli va Turkiyaning Izmir viloyati Seferixisar shahri jiddiy talafot ko‘rdi. Gretsiya seysmologlari zilzila kuchini 6.9 magnituda, deya baholadilar.