Gretsiya poytaxtida ikki asrdan keyin ikkinchi masjid ochildi
- 08.11.2020 15:35
- 98
- Xorij
Ilk masjid 1800 yillar boshida mamlakat poytaxti Afina shahrida ochilgan edi. 1832 yilda Gretsiya qirolligi tashkil topgandan keyin Afinada masjidlar qurilishi taqiqlandi.
2006 yilda taqiq bekor qilindi va 2016 yilda mamlakatda yashayotgan musulmonlar uchun masjid qurilishini boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Masjidning ochilish marosimi shu yil bahorda rejalashtirilgan edi, ammo pandemiya tufayli va ichki bezatish ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar kechikishi sababli rejalar o‘zgardi.
Koronavirusga qarshi kurashish choralari tufayli namozxonlar soni hali ham cheklangan. Garchi texnik jihatdan masjid 350 dindorni qabul qila oladigan bo‘lsa-da, ayni paytda bir vaqtning o‘zida namoz o‘qiydiganlar 9 kishidan oshmasligi lozim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!