Har bir rahbar o‘z maktabida ko‘chat o‘tqazsa...

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi  boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov o‘zi o‘qigan Samarqand shahridagi 13-umumta’lim maktabi hovlisiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Bu harakati orqali boshqarma boshlig‘i viloyatdagi har bir maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini o‘z hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlarida qatnashishga da’vat etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuzgi mavsumda Samarqandddagi maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida 112 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan.