Haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari reytingi quyidagicha toifalarga ajratiladi:

▫️81 balldan 100 ballgacha – “yashil”;
▫️51 balldan 80 ballgacha – “sariq”;
▫️50 balldan past – “qizil”.

Reyting nazariy va amaliy imtihon natijalari, bitiruvchilarning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgandan keyin yil yakunigacha yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni asosida shakllantiriladi.

Reyting ball ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yagona shaklda yuritiladi hamda yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Reyting natijalari har yili 25 yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

Nizom 2022 yil 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kiradi.