Endi haydovchilarni tayyorlashda o‘rgatuvchida ham, o‘rganuvchida ham mas’uliyat bo‘ladi
«Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra haydovchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtiriladi va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida shunday tartib o‘rnatiladi:
- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda – avtomaktablar) va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi;
- avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.