2015 yildan keyin berilgan «prava»ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31 dekabr

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish yodingizdan chiqmadimi?

Buning uchun nafaqat Davlat xizmatlari markazlariga, balki viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (IIBB YHXB)ga murojaat qilishingiz yoki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Mazkur xizmat fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda, «so‘nggi mijozgacha»  tamoyili asosida ko‘rsatiladi.  

Eslatib o‘tamiz, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30-sentyabrgacha;

- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Quyidagi hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi:

- ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlanganda;

- ariza beruvchining milliy haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha amaliy hamda nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik fakti tasdiqlanmaganda;

- ariza beruvchi tomonidan tegishli yig‘im to‘lanmaganda.