Haydovchilik guvohnomasini almashtira olmay qolgan fuqarolar jarima to‘laydimi?

Bugun, 2023 yil 31 mart kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning so‘nggi kuni.

Ya’ni, joriy yil 1 apreldan boshlab 2010 yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha:

- Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyin almashtirishga murojaat qilganda ma’muriy jazo qo‘llanilmaydi.

Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi, ya’ni muddati o‘tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga ko‘ra "hujjatsiz boshqarish" sifatida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.