Samarqand shahar DXMda “Prava”ni almashtirish qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
2021 yilning 27 sentyabridan Davlat xizmatlari markazida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Joriy yil 19 martdan esa davlat xizmatlari markazlari orqali mazkur xizmatni ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ertadan ushbu xizmat ishga tushmoqda. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi ma’lum qilmoqda.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishda qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
❗️ Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010 yilgacha berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
● 2010–2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
● 2013–2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari Viloyat IIB YHXB va uning Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hududiy bo‘limlarida ham yangisiga almashtirib berilmoqda.