Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida «prava» almashtirish xizmati ishga tushdi
- 17.01.2024 14:35
- 150
- Samarqand
Haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasida aniqlangan nosozlikni bartaraf etilishi tufayli Samarqand shahar DXMda eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar qilingan edi.
Samarqand shahrida mazkur xizmatga talab yuqoriligi hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ushbu xizmat qayta ishga tushirildi.
Urgut tuman davlat xizmatlari markazidagi chop etish uskunasi vaqtincha Samarqand shahriga olib kelinib, o‘rnatilgani bois, mazkur tumanda joylashgan markazda ushbu xizmat vaqtincha ko‘rsatilmaydi.
Fuqarolar, shuningdek, IIB bo‘limlaridan ham mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 10 daqiqa avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 20 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?
- 37 daqiqa avval
- Ta’lim
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa